Tez-tez soʻraluvchi savollar (Oʻzbekcha)
Ortatil nima?
Ortatil barcha musulmon turkiy tilda gaplashuvchilar uchun eng tushunarli boʻlgan oʻzaro aloqa tilidir.
Qaysi turkiy tillar asos qilib olinadi?
Tillar 3 lahjaga boʻlinadi: Oʻgʻuz, Qarluq, Qipchoq:
- Oʻgʻuz
- Turkcha
- Ozarbayjoncha
- Turkmancha
- Qrim-tatarcha
- Qarluq
- Oʻzbekcha
- Uygʻurcha
- Qipchoq
- Qozoqcha
- Qirgʻizcha
- Qoraqalpoqcha
- Tatarcha
- Boshqirdcha
- Qorachoy-Bolqorcha
- Qoʻmiqcha
- Noʻgʻoycha
Nega asosiy aholisi musulmon boʻlgan turkiy tillar tanlangan?
Musulmon turkiy xalqlar arab va fors tillaridan kuchli tasirlangan va bu tillardan qabul qilingan soʻzlar oʻrtacha 50% dan ortiqdir. Musulmon boʻlmagan Chuvash, Yoqut singari tillarni qoʻshadigan boʻlsak, unda Ortatilning tushunilish darajasi ancha pastga tushishi mumkin.
Ortatil yasama tilmi?
Bu savolga ham "ha", ham "yoʻq" deb javob berish mumkin. Chunki Ortatilda boshqa turkiy tillarda boʻlmagan xususiyatlar boʻlmaydi. Shu bilan birga, hech bir mavjud turkiy tilga toʻliq mos tushmaydi va halicha bu til hech kimning ona tili emas. Shuning uchun buni adabiy tilga qiyoslash mumkin. Chunki adabiy til ham jamiyat tarafidan qabul qilingan tildir. Odamlarning kundalik soʻzlashuvi adabiy tildan ancha farq qilishi mumkin.
Ortatil qanday tuziladi?
Loyiha besh bosqichda amalga oshiriladi:
- Til guruhlarini tuzish
- Alifbo va tovushlarni tanlash (Fonetika, Imlo)
- Grammatika qoidalarini tanlash (Morfologiya, Sintaksis)
- Soʻzlarni tanlash (Semantika)
- Har bir tildan bir dona kitob tarjima qilish
Nega turkiy tillar ichidan birontasi tanlab olinmadi?
Oʻtmishda bu haqda bahslar boʻlgan. Turli fikrlar oʻrtaga tashlangan. Masalan:
- Oʻzaro til sifatida Turkiya turkchasini qabul qilish, chunki bu til turkiy tillar ichida gaplashuvchilari soni jihatidan birinchi oʻrinda turadi.
- Ozarbayjonchani umumiy til sifatida qabul qilish, chunki iddaolarga koʻra bu til boshqa turkiy tillar uchun eng tushunarli til.
- Oʻzbek tilining Xorazm shevasini asos qilib olish, chunki unda ham oʻgʻuz shevasining, ham qarluq shevasining alomatlari mavjud.
Afsuski, hozir turkiy tilli xalqlar oʻzlarini turk deb his qilmaydilar. Shuning uchun هم biz "turkiy" degan forscha soʻzni ishlatayapmiz. "Oʻzbek turkchasi", "Qozoq turkchasi" deb nomlashga harakat qilishdi, lekin bu tushuncha turkiy tilli xalqlarga uncha singmadi. Turkchani (Turkiya turkchasi) boshqa turkiy qavmlarga ixtiyoriy qabul qildirish mushkul, balki imkonsizdir.
Aksar turkiy xalqlar rus istibdodi davrida til zulmiga uchrashgan, ularga rus tili majburiy tiqishtirilgan, rus tilining ustunligi singdirishga harakat qilingan. Shuning uchun oʻz tillaridan farqli koʻrayotgan Turkiya turkchasini qabul qildirishga harakat qilish keraksiz holda rus istibdodini esga keltirishi mumkin.
Shuning uchun eng toʻgʻri va qabul qilinish imkoni yuqori yoʻl bu har bir turk tili vakili uchun tushunarliroq va tanishroq boʻlgan bir oʻzaro aloqa tilini yaratishdir.
Ortatil hozir chiqqan yangi gʻoyami?
Yoʻq, oʻtmishda, ayniqsa jadidchilar zamonida umumiy til haqida fikrlashishgan. Masalan, Ismoil Gaspirali tarafidan 1839 yili JALPI tili ishlab chiqilgan. Ammo ular zamonida shart-sharoit, axborot almashuv texnologiyalarining rivojlanmaganligi bu ishni juda qiyinlashtirgan va bu til ommalashmagan.
Hozirgi axborot, internet zamonida bu loyihani amalga oshirish truths shart-sharoitlar yetarli, axborot-texnologiya bu ishni amalga oshirishni yengillashtiradi, inshaalloh.